O'ZBEKISTONDA SAMARALI SOLIQ SIYOSATINI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY JIHATLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Soliqlar, soliq siyosati, soliq kodeksi, investisiya, majburiy to’lovlar, axborot-kommunikasiya, imtyozlar, erkinlashtirish, soddalashtirish.Abstract
Annotatsiya: Maqolada soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini yaxshilashda soliq siyosatini ustivor yo’nalishlari bayon etilgan. Shu bilan birga, mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o’sishga, ishbilarmonlik va investisiyaviy faollikni oshirishga, sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar yig’iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar ochib berilgan hamda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga soliq qonunchiligini soddalashtirish yuzasidan aniq tavsiya va xulosalar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.