SHAYX BURHONIDDIN SOGʻARCHIY VALIYAT VA MA’NAVIYAT MASKANI: TARIX, MANQABA VA TA’SIROTI

Authors

  • Ravshanova Mahbuba Ozod qizi Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: Shayx Burhoniddin Sogʻarchiy, Samarqand, Ruhobod maqbarasi, Sogʻarch qal’asi, Xitoyda islom targʻiboti, Shayx Nuriddin Basir, Amir Temur, tasavvuf, vali, Uvaysiy xirqa.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada Samarqand viloyatining boy ma’naviy merosi va uning nodir qadamjolaridan biri — Ruhobod mavzesida joylashgan Shayx Burhoniddin Sogʻarchiy ziyoratgohi hamda ushbu ulugʻ zotning hayot yoʻli tahlil qilinadi. Shayx Burhoniddin Sogʻarchiyning nasabi, "Sogʻarchiy" nisbasining kelib chiqishi, Makkai mukarrama va Bagʻdodda orttirgan obroʻ-e’tibori, Xitoyda islom dinini targʻib qilishdagi oʻrni va u kishining dafn etilishi bilan bogʻliq manqabalar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, u zotning Amir Temur davri ma’naviyatidagi oʻrni va tasavvuf tariqatidagi ahamiyati koʻrib chiqiladi.

Downloads

Published

2026-09-20