AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI IQTISODIYOTDAGI O’RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, rivojlantirish, strategik, samaradorlik, tejamkorlik, integratsiya.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqola axborot texnologiyalarining (AT) zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rnini va ahamiyatini tahlil qiladi. Axborot texnologiyalari so‘nggi yillarda iqtisodiyotning turli sohalarida katta o‘zgarishlar va rivojlanishlarga sabab bo‘ldi. Maqolada AT ning samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, AT ning xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, kichik va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada elektron tijorat, moliyaviy texnologiyalar va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish kabi sohalarda AT ning iqtisodiy yuksalish misollari keltirilgan. Xulosa sifatida, AT ni rivojlantirish va undan samarali foydalanish davlatlar va korxonalar uchun strategik muhim vazifa ekanligi ta'kidlanadi.