MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNING OVQATLANISH TARTIBI. FARZANDLARIMIZNING KUNLIK RATSIONI

Authors

  • Elmurodova Lenara Xudayberdi qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Gigiyena kafedrasi assistenti Author
  • Umarov Faxriddin Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti,, sanitariya qoida, sanitariya me’yor, taomnoma, ratsion.

Abstract

 Annotatsiya: Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog’lom taomnoma shakllantirilishida kunlik ratsionda bolalarning asosiy oziq-ovqat moddalarga bo’lgan ehtiyoji va yoshiga mos energiya quvvati bilan to’liq ta’minlanish, ularning tarbiyalanish sharoiti va sog’lig’i, shuningdek, ovqatlanishning iqlimdan kelib chiqib va milliy xususiyatlari hisobga olinadi. Bolalar ovqat ratsionini shakllantirishda mahsulotlar kun davomida to’g’ri taqsimlanishi zarur. Oqsilga boy mahsulotlar yog’ bilan berilsa, bola oshqozonida uzoq vaqt saqlanib turadi va ko’proq miqdorda hazm qildiruvchi me’da shirasini talab qiladi, shuning uchun go’sht, baliq, tuxum kabi mahsulotlari bor taomlarni kunning birinchi yarmida nonushta va tushlikka berish tavsiya qilinadi. Kechki ovqatga bolalarga sutli va o’simliklardan tayyorlangan engil hazm bo’ladigan taomlar berish maqsadga muvofiqdir.Taomnoma tuzilayotganda sut, go’sht, sariyog’, yorma, non, meva, sabzavot, shakar kabi biologik qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar har kuni kiritiladi.

Downloads

Published

2024-03-28