MAHALLALARDAGI YOSHLAR YETAKCHILARNING KELAJAKDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Yoshlar yetakchilari, jamiyat rivoji, tashabbuskorlik, tarbiyaviy ishlar, muloqot va hamkorlik, liderlik va boshqaruv, ijtimoiy taraqqiyot, innovatsiyalar, ta’lim va malaka oshirish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada, mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining jamiyatdagi roli va kelajakdagi o‘rni tahlil qilinadi. Bugungi kunda yoshlar yetakchilari yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb etish, bilim va tajriba ulashish orqali katta mas’uliyatni o‘z zimmalariga olmoqda. Ularning asosiy vazifalari tashabbuskorlikni rivojlantirish, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish va samarali muloqot hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Maqolada shuningdek, yoshlar yetakchilarining kelajakdagi faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, liderlik, boshqaruv, ijtimoiy taraqqiyot va innovatsiyalarni joriy qilish kabi sohalar tahlil etilgan. Yoshlar yetakchilarining muvaffaqiyati ta’lim, malaka oshirish, mahalliy hamkorlik va davlat qo‘llab-quvvatlashi kabi omillarga bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan. Ular jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlovchi, lider sifatida rivojlanishi kutilmoqda.