“QANDLI DIABETDA BIRINCHI YORDAM’’

Authors

  • Eshpulatova Nafisa Oybekovna Alfraganus Universiteti Tibbiyot yo’nalishi Davolash fakulteti 1-kurs talabasi Author

Abstract

Qandli diabet, qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan ma’lum.Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida e’tibor beradi."Suv qanday ichilgan boʻlsa, shu holda chiqadi", deb yozadi u. Bemorning koʻp suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga toʻxtab tabib: "Bemorga sovuq mizojli suyuqliklar ichir, sovuqjomga sol, nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, ya’ni bemorni hoʻlla, sovut", deydi. Bu — kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo boʻlishini bildiradi. Qand kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga koʻra, nasliy boʻlishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin koʻpayib, siydik bilan chikib turadi (tarkibida qand moddasi boʻladi), tashnalik, ozib ketish, quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi.

Downloads

Published

2024-11-03