ERONDA QOJARLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA SOLIQLAR TURLARI VA SOLIQQA TORTISH SIYOSATI
Abstract
Qojar soliq siyosati vazifasi jihatidan Safaviylar davridagi kabi to'rtta idoradan iborat edi. دفتر جوزی جام (Daftar-e jozʻī-e jam) yoki daromad idorasi barcha viloyatlarning barcha hisob-kitobini کتابچه ی جوزی جم (ketābča-ye jozʻi-e jam) yuritib, har bir soliq shahri بولوک (boʻluk), tuman نخیه (nākhīa) va qishloqlarni sanab oʻtishgan. Har bir viloyat va bo'linmada xuddi shunday kitobcha mavjud edi. Ikkinchi idora budjet idorasi bo‘lib, u yerda bir qancha mustavfiylar-viloyatlar, vazirliklar va boshqa davlat idoralarining hisob-kitoblariga mas’ul edilar. Uchinchi idora دفتر مطفارقا (daftar-e avareja) yoki دفتر آورجا (daftar-e motafarreqa) bo'lib, u faqat qirol xonadonining xarajatlari va markaziy xazina hisobidan to'lanadigan favqulodda xarajatlar bilan shug'ullangan. Bu idoradagi Mostavfiylarning vazifasi to‘yyul (rasmiy imtiyoz turi)[1] va barot berish kabi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash edi. To'rtinchi idora soliq qarzlarini undirish uchun mas'ul bo'lgan vazir-e bakaya yoki mohassel-e mohasabat boshchiligidagi دفتر محاسبه (daftar-e mohasaba) yoki soliq hisob-kitob idorasi edi. Har bir moliyaviy yil oxirida daftar-e mohasaba hisobchilari ham har bir hokimning hisob-kitoblarini tekshirib turganlar[2].
[1] To‘yyul- Qojarlar va Safaviylar davridagi pul yoki yer ko‘rinishida berilishi mumkin bo‘lgan soliq idorasi turi yoki soliq turi. bu IX asrdan boshlab ishlatila boshlangan atama hisoblanadi. Tadqiqotchi olim Duferning yozishicha bu so‘z Chag‘atiy turkiy tilida Yatul so‘zining notog‘ri talaffuzi bo‘lib, “yer va hudud” ma’nosini bildiradi. Minorinskiy esa davlat soliqlarini undirish huquqini vaqtinchalik berilishi ma’nosini olib, uni irsiy imtiyoz bo ‘lgan Suyurg‘oldan ajratib ko‘rsatadi.
[2] G‘olom-Hosayn Afżal-al-Molk “سفرنامه ی خراسان یا کرمان” (Safar-nāma-ye Ḵorāsān o Kermān) Tehron:Rovzani zafaranlu, 1982 – b.37