BOSHLANGʻICH SINFLARDA INTEGRATSION DARSLARNI TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI VA METODIK IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: Boshlangʻich sinflar, o‘quvchilar, integratsion darslar, ochiq darslar.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda integratsion darslarni tashkil etish mexanizmlari va metodik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Integratsion darslar o‘quv jarayonini samarali va mazmunli tashkil etishga yordam beradi, o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi hamda turli fanlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatadi. Maqolada dars rejalashtirishda foydalaniladigan usullar, interaktiv metodlar, loyiha asosidagi o‘qitish va boshqalar haqida misollar keltiriladi. Shuningdek, integratsion darslarni tashkil etishda muammolar va ularni hal qilish yo‘llari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish zaruriyati ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqot o‘quv jarayonini yaxshilash va o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli qilishda foydali bo‘lishi kutilmoqda.