LASARTANLARNING ANTIKOAGULYANTLAR BILAN TA'SIRI: KLINIK KO'RIB CHIQISH
Abstract
Anotatsiya: Lasartan, angiotenzin II reseptorlarini bloklovchi (ARB) dori vositasi bo'lib, yuqori qon bosimini pasaytirish va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda keng qo'llaniladi. Biroq, lasartanning antikoagulyantlar bilan birgalikda ishlatilishi, ayniqsa qonning koagulyatsiyasiga ta'sirini tahlil qilish, klinik amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada lasartanlarning antikoagulyantlar bilan o'zaro ta'sirini, potentsial xavf-xatarlarni va klinik jihatlarni muhokama qilamiz.