HODIMLARNI MOTIVATSIYA QILISH VA ULARNING ISH FAOLIYATIGA TA'SIR; O'ZBEKISTONDAGI KICHIK VA O'RTA BIZNES MISOLIDA.
Keywords:
Kalit so‘zlar: O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes, motivatsiya, moliyaviy rag‘batlantirish, xodimlarni qadrlash, malaka oshirish, ish unumdorligi, kadrlar barqarorligi, innovatsion g‘oyalar, moslashuvchan ish vaqti, jamoaviy tadbirlar.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes (KO‘B) sohasida xodimlarni motivatsiya qilishning ahamiyati, usullari va uning ish faoliyatiga ta’siri yoritilgan. Motivatsiya xodimlarning samaradorligini oshirish va korxonaning umumiy muvaffaqiyatiga erishishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqolada moliyaviy rag‘batlantirish, tan olinish, malaka oshirish, moslashuvchan ish vaqti va jamoaviy tadbirlar kabi motivatsiya vositalarining O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi batafsil tahlil qilingan. Motivatsiya xodimlarning ish unumdorligi, innovatsion g‘oyalar yaratish va kadrlar barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bayon etiladi.