TIJORAT BANKLARINI SOLIQQA TORTISHNING O'ZIGA XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: tijorat banklari, tartibga solish, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyatga soliqlar, foyda solig'i, qo’shilgan qiymat solig’i, tijorat banklari soliqlari, soliqni hisoblash, soliq yig'ish.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada tijorat banklarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo'yicha nazariy asoslari ko‘rib chiqilgan. Moliyaviy faoliyatga soliqni ijobiy va salbiy jihatlari tadqiq qilingan. Olib borilgan tadqiqotlarni o‘rganishlar asosida tegishli xulosalar shakllantirilgan. Iqtisodiy rivojlanish tijorat banklarining iqtisodiy faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tijorat banklarining iqtisodiy faoliyatida doimo banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlar alohida ahamiyatga ega. Tijorat banklarida foyda solig'ini hisoblash va undirish mexanizmlarini takomillashtirishning potensial yo'llariga e'tibor qaratiladi. Turli ilmiy ishlarni baholash va qiyosiy tahlillarni o‘tkazish orqali ushbu tadqiqot O‘zbekistondagi tijorat banklari uchun maxsus ishlab chiqilgan samarali soliqqa tortish usullarini tavsiya etishdan iborat.