VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA KIBERJINOYATCHILIKNING BARVAQT OLDINI OLISHDA "INTERFAOL PROFILAKTIKA" VA RAQAMLI PSIXOLOGIYA KONSEPSIYASINI QO‘LLASH

Authors

  • Hamrayev Foziljon Xudayshukurovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi saf qismi ofitseri, leytenant Author

Abstract

Global raqamli transformatsiya sharoitida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning nafaqat miqdori, balki ularning "latent" (yashirin) xususiyati ham ortib bormoqda. Bugungi kunda an’anaviy vertikal nazorat (maktab-mahalla-IIO) mexanizmlari kiber-makonning anonimlik va "borderless" (chegarasizlik) xususiyatlari oldida kutilgan samarani bermayapti. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, voyaga yetmagan kiber-huquqbuzarlarning 60% dan ortig‘i o‘z qilmishini "virtual o‘yin" yoki "intellektual sinov" deb qabul qiladi. Bu esa kiber-profilaktika tizimini raqamli psixologiya va kiber-pedagogika asosida tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda.

Downloads

Published

2026-03-10