"O'SMIRLAR MA'NAVIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA OTA-ONANING RO'LI"
Abstract
So‘nggi yillarda butun dunyo miqyosida yoshlarning ma’naviy dunyosi, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy mas’uliyati masalalari keskin dolzarblik kasb etmoqda. Globallashuv, raqamli kommunikatsiyalar kengayishi va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirining ortishi natijasida o‘smirlarning ma’naviy shakllanishi nafaqat oila doirasida, balki global axborot muhitida ham yuz bermoqda. Shu sharoitda oila va maktab o‘rtasidagi uzviy hamkorlik yoshlarning ichki e’tiqodi, vijdoni va insoniy qadriyatlarini saqlashda muhim psixologik himoya mexanizmiga aylanmoqda.